Infografika: O‘zbekistonning Vengriya bilan tashqi savdosi

So‘nggi 5 yil ichida O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi savdo hajmi 2,8 baravardan ko‘proq o‘sdi va pandemiyaning salbiy ta’siriga qaramay, 2020 yilda ham o‘sishni ko‘rsatdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 3-4 oktyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Vengriyada bo‘ladi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz) O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi tashqi savdo aloqalari, 2021 yil va 2022 yil yanvar-avgust oylari uchun tovar toifalari bo‘yicha import va eksport hajmlarini aks ettiruvchi infografikani tayyorladi.

O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi savdo-sotiqda eng maqbul rejim o‘rnatilgan.

So‘nggi 5 yil ichida O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi savdo hajmi 2,8 baravardan ko‘proq o‘sdi va pandemiyaning salbiy ta’siriga qaramay, 2020 yilda ham o‘sishni ko‘rsatdi.

2021 yilda O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi $114,8 mln.ni, eksport – $1,1 mln., import – $113,7 mln.ni tashkil etdi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston tovar aylanmasining umumiy hajmida Vengriyaning ulushi 0,3%, eksport – 0,01%, import – 0,4%ni tashkil etdi.

2022 yil yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi savdo hajmi $60,3 mln.ni tashkil etdi, shundan eksport – $3,1 mln.ni (5%), import – $57,2 mln.ni (95%) tashkil etdi.


2022 yilda O‘zbekistonning Vengriyaga eksport hajmining o‘sish tendensiyasi kuzatilmoqda. Shunday qilib, joriy yilning yanvar-avgust oylari yakunlariga ko‘ra, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan Vengriyaga eksport hajmi 4,7 baravar oshdi va 3,1 mln dollarni tashkil etdi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda vengriyalik investorlar ishtirokida tashkil etilgan 10 dan ortiq korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Toshkent viloyatida Vengriya qishloq xo‘jaligi va tabiiy fanlar universiteti bilan hamkorlikda kartoshkachilik bo‘yicha O‘zbekiston-Vengriya ilmiy markazi tashkil etilib, bu yerda vengriya navlarini sinovdan o‘tkazish va urug‘lik kartoshka yetishtirish bilan shug‘ullanmoqda.

Malumot uchun:

Vengriya bosh vazirining Toshkentga rasmiy tashrifi doirasida ko‘p qirrali sheriklikni kengaytirishga qaratilgan 10 dan ortiq hujjat imzolandi. Ular Hududlararo hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim, Tashqi ishlar idoralari o‘rtasida 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bilan Vengriya Tashqi ishlar va savdo vazirligi o‘rtasida anglashuv memorandumi, Mehnat munosabatlari sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim, Atom energetikasi sohasida kadrlar tayyorlashda hamkorlik to‘g‘risida, Innovatsiyalar sohasida hamkorlik to‘g‘risida anglashuv memorandumlari, Madaniyat sohasida hamkorlik dasturi, Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat mahsulotlari va chorvachilik sohalaridagi hamkorlik rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”, Suv xo‘jaligi sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi hadli bitimlardir. Muzokaralar davomida ikki mamlakat davlat rahbarlari ikki mamlakat bozorlariga mahsulotlar yetkazib berishni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish, farmatsevtika, kimyo, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, baliqchilik, kartoshkachilik va boshqa sohalarda Venger tajribasidan foydalangan holda aniq loyihalarni amalga oshirish muhimligini ta’kidladilar.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi